Yordam va aloqa

Yangilangan: 2026-09-15 · Aloqa: privacy@daydimiz.uz

Savol, taklif yoki muammo bo'lsa — yozing, javob beramiz.

Biz bilan bog'lanish

Telegram: @daydimiz kanali, savollar uchun @daydimizbot boti — odatda bir ish kuni ichida javob beramiz.

Telegram kanalimizda yangiliklar va yo'l holati haqida xabarlar chiqadi.

Daydi O'zbekistonda ishlaydi va jamoamiz shu yerda. Katalogimiz endi qo'shni tog'larni ham qamrab oladi — Qirg'iziston va Qozog'iston: har bir joyda u qaysi mamlakatda ekani, o'sha yurtning qutqaruv raqamlari va narxlar so'mda (asl narx va kurs yonida) ko'rsatiladi.

Tez-tez so'raladigan savollar

Ro'yxatdan o'tish. Telefon raqamingizni kiritasiz va darhol kirasiz — hozircha tasdiqlash kodi so'ralmaydi.

Yo'lni belgilash. «Yo'l» bo'limida «Yo'lni belgilash» tugmasini yoqing: telefon fonda, batareyani tejab, yo'lingizni yozib boradi. Yozmasangiz ham, joyga yetganda «Shu yerdaman» tugmasi bilan belgilab qo'yasiz.

Ilgari chiqqan joylarim. «Ilgari bo'lganman» orqali sana va rasm yuborasiz; moderator tasdiqlagach yutuq va challenge'ga hisoblanadi.

Internetsiz. Marshrutni oldindan yuklab qo'ysangiz, xarita va yo'l tarmoqsiz ham ishlaydi.

Ma'lumotni o'chirish. Profil → Sozlamalar → hisobni o'chirish; ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi.

Favqulodda holat

Tog'da baxtsiz hodisa yuz bersa, 112 — uchala mamlakatda ham ishlaydigan yagona raqam. O'zbekistonda yana 1050 (FVV qutqaruv xizmati), Qirg'izistonda 161, Qozog'istonda 101. Har bir joy sahifasi o'z mamlakatining raqamlarini ko'rsatadi. Daydi qutqaruv xizmati emas — chiqishdan oldin rejangizni yaqinlaringizga ayting.