Savol-javob
Daydi va O'zbekiston tog'lari haqida eng ko'p so'raladigan savollar — qisqa, aniq javoblar bilan.
- Daydi nima?
- Qo'llanmada nechta joy bor?
- Qo'llanmadagi eng baland joy qaysi?
- Ma'lumot qanchalik ishonchli?
- Yo'l holati qayerdan olinadi?
- Chegara ruxsatnomasi kerakmi?
- Bolalar bilan qayerga borsa bo'ladi?
- Internetsiz ishlaydimi?
- Daydi pullimi?
- Tog'da biror narsa bo'lsa, kimga qo'ng'iroq qilaman?
- Xato topsam yoki yangi joy qo'shmoqchi bo'lsam?
Daydi nima?
Daydi — O'zbekiston tabiati bo'ylab yurish qo'llanmasi: cho'qqilar, ko'llar, sharsharalar, daralar va g'orlar. Har bir joyda yo'l, xarita, taxminiy xarajat, eng yaxshi oylar va xavfsizlik ma'lumoti bor; ilova yo'lingizni GPS orqali yozib boradi.
Qo'llanmada nechta joy bor?
Hozir 171 ta joy, 281 ta yo'l (3 504 km) va O'zbekistonning 13 ta hududi kiritilgan. Ro'yxat qo'lda tekshirilib to'ldirib boriladi.
Qo'llanmadagi eng baland joy qaysi?
Eng balandi — Alpomish cho'qqisi, 4668 m (Surxondaryo).
Ma'lumot qanchalik ishonchli?
Har bir joyning tekshiruv darajasi bor: A — muharrir o'zi borib ko'rgan, B — hamkor tasdiqlagan, C — rasmiy manbadan, D — jamoa xabar qilgan. Daraja va oxirgi tekshirilgan sana sahifada turadi. Qiymat noma'lum bo'lsa, taxmin qilinmaydi — bo'sh qoladi.
Yo'l holati qayerdan olinadi?
Yo'l holatini o'sha yerdan endi qaytganlar yozadi: yo'l ochiqmi, suv bormi, so'qmoq ko'rinadimi, qanday xavf bor. Har bir xabar 14 kundan keyin eskiradi va sahifadan tushadi.
Chegara ruxsatnomasi kerakmi?
Qo'llanmadagi 36 ta joy chegara zonasida — u yerga borish uchun oldindan ruxsatnoma kerak. Bunday joylarning sahifasida ogohlantirish chiqadi.
Bolalar bilan qayerga borsa bo'ladi?
54 ta joy oila bilan borishga mos deb belgilangan: yo'li qisqa, tik joyi yo'q, mashina yaqin keladi.
Internetsiz ishlaydimi?
Ha. Marshrutni oldindan yuklab qo'ysangiz, xarita, so'qmoq va yo'l yozish tarmoqsiz ham ishlaydi.
Daydi pullimi?
Yo'q. Joylar, yo'llar, xarita va yo'l yozish bepul; hisob ochish uchun telefon raqami yetarli.
Tog'da biror narsa bo'lsa, kimga qo'ng'iroq qilaman?
112 — yagona qutqaruv xizmati, 1050 — FVV qutqaruv xizmati. Daydi qutqaruv xizmati emas: chiqishdan oldin rejangizni yaqinlaringizga ayting va jonli havolani ulashing.
Xato topsam yoki yangi joy qo'shmoqchi bo'lsam?
Telegramda @daydimiz ga yozing — odatda bir ish kunida javob beramiz. Tuzatish, yangi joy va rasm — hammasi kerak.
Yordam
Daydi qutqaruv xizmati emas. Tog'ga chiqishdan oldin rejangizni yaqinlaringizga ayting.
Yordam